“Navbahor”ning 70 foiz futbolchilari jamoa bilan xayrlashishi kutilmoqda

Narzulla Saydullayev
24 noya 2015, 13:40
Joriy mavsumni 8-o'rinda yakunlagan namanganliklar safini ko'plab futbolchilar tark etish arafasida.

Bunga eng asosiy sabab deya klubda yuzaga kelgan moliyaviy muammolar aytilmoqda. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, “lochinlar” qariyib 5 oydan buyon oylik maoshlarini olmay kelishmoqda. Shuningdek klubning futbolchilar oldida 10ta mukofot puli qarzdorligi ham turibdi. Deyarli yarim yildan buyon maoshsiz o'ynab kelayotgan futbolchilarning har biriga chempionatning so'nggi turida, yani “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvdan so'ng 500 000 so'mdan yordam puli berib turilgani borasida eshitdik.
Bundan paymonasi to'lgan futbolchilar kelasi mavsumni boshqa klubda o'tkazish haqida o'ylamoqda. Jamoaning yetakchi o'yinlarini esa boshqa klublar allaqachon o'z safiga taklif etgan.

Agarda klub rahbariyati futbolchilar bilan yil oxirigacha hisob-kitob ishlarini to'liq amalga oshirmasa, u xolda kelasi yil yangitdan jamoa tuzishga to'g'ri keladi. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovning ham masalasi hozircha ochiq turibdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia