

"Buxoro" klubi hujumchisi Dominik Begich bu tur "Mashal"ga qarshi maydonga tusha olmaydi. Sababi Begich oldingi tur "Navbahor"ga qarshi uchrashuvning oxirgi daqiqalarida mavsumdagi to'rtinchi sariq kartochkasini oldi.
Begich bu mavsum Superligada 17 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" - "Buxoro" uchrashuvi 30 sentyabr kuni G'uzor shahrida bo'lib o'tadi.




