"Navbahor": "Xotira-79" bilan o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2017, 08:05
Xabaringiz bor, Rossiyada bo'lib o'tadigan 2018- yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichi o'yinlari munosabati bilan Oliy ligada kichik tanaffus vujudga kelgandi.

13- tur doirasida "Navbahor" 14- iyun kuni "So'g'diyona"ga qarshi safarda maydonga tushadi. Jizzaxliklarga qarshi 6 iyundan tayyorgarlikni boshlagan Ilhom Mo'minjonov shogirdlari o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida nazorat uchrashuvi o'tkazishadi. Murabbiylar shtabi raqib nomini ma'lum qildi. 10- iyun kuni Namangandagi "Markaziy" o'yingohda "lochinlar"ning Uychining "Xotira-79" jamoasi bilan o'zaro kuch sinashishadi. Mazkur o'yin soat 19:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz