"Navbahor": "Qizilqum"ga qarshi o'yinni Agishev boshqaradi

Aziz Tukhtamuradov
8 avg 2017, 18:40
Navbatdagi turda “Navbahor” Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

12 avgust kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra “Navbahor” – “Qizilqum” bahsini Vadim Agishev boshqaradi. Unga qanotlarda Artyom Kalinin va Ravil Shoyaxmetovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam vazifasini Aleksandr Lupashko bajaradi. Artyom Arutyunov nazoratchi hakam etib tayinlangan bo'lsa uchrashuvni PFL vakili sifatida Valeriy Lyotkin kuzatib boradi.“Qizilqum”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish maqsadida jamoamiz a'zolari kecha Namanganda to'planib, mashg'ulotlarga kirishishgandi. Kecha engil mashqlarni bajargan futbolchilarimiz bugundan jiddiy tarzda shug'ullanishadi. 12 avgust kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan uchrashuv soat 19.00da boshlanishini qo'shimcha qilish joiz.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz