"Navbahor": Qisqa hordiqdan so'ng yana mashg'ulotlarga

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2017, 16:47
Bugun ertalab bo'lib o'tgan mashg'ulotdan keyin "Navbahor" klubi tayyorgarligining navbatdagi bosqichi yakuniga etdi.

17-30 yanvar oralig'ida jamoamiz mashg'ulotlar bilan bir qatorda to'rtta nazorat uchrashuvida ham maydonga tushdi. O'yinlarda ikkitasida g'alaba qo'lga kiritilgan bo'lsa “Metallurg” va “So'g'diyona” jamoalariga imkoniyat boy berildi. Futbolchilar olib borilgan mashg'ulotlardan so'ng qisqa muddat davomida dam olish imkoniga ega bo'lishadi.

Tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi ham Toshkentda olib boriladi. 2 fevral kuni jamoa a'zolari yana poytaxtda yig'ilib, mashg'ulotlarni davom ettirishadi. 14 fevralda yakunlanadigan navbatdagi yig'in davomida ham nazorat o'yinlarida maydonga tushish rejalashtirilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz