"Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvini SPORT TV yozib olingan holda namoyish etadi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2016, 14:17
Bugun Namanganda katta futbol bayrami! Oliy liganing 11-turida Qarshining "Nasaf" jamoasi "lochinlar" mehmoni bo'ladi.

Mazkur uchrashuvga bo'lgan qiziqish yuqori. Mahalliy muxlislarning iltimosiga binoan uchrashuv vaqti 18:30dan 19:00 ga ko'chirildi. O'ylaymizki, bugun "Navbahor" arenasi har qachongidan ham ko'p muxlisni qabul qiladi.

"Navbahor"-"Nasaf" qarama-qarshiligini ertaga SPORT TV yozib olingan holatda namoyish etadi. 12 iyun soat 12:50 da mazkur uchrashuvni TV orqali ham tomosha qilishingiz mumkin. Vodiy aholisi esa, Namangan TV ning bugungi kechki dasturlarida bahsni ko'rishlari mumkin.

Bugun, 19:00
Navbahor (Namangan) – Nasaf (Qarshi)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Shukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov (Toshkent).

SPORT TV. 12 iyun (yakshanba)
12:50. Futbol. O'zbekiston chempionati. "Navbahor" - "Nasaf".

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lochinlar.uz