

Farg'onaning “Neftchi” klubiga qarshi o'tgan kubok javob uchrashuvidan keyin jamoamiz a'zolari qisqa muddatlik tatilga chiqishdi. Futbolchilarimiz ma'lum vaqt davomida hordiq chiqarish imkoniga ega bo'lishadi. Jamoamiz birinchi davraning qolgan uchta o'yiniga tayyorgarlikni 6 iyun kuni boshlaydi. Dastlabki rejaga ko'ra jamoamiz a'zolari mashg'ulotlarga Namanganda kirishishadi.




