"Navbahor" ikki legionerga javob berdi

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2019, 12:22
"Navbahor" ayni damda Qrimda mashg'ulotlar olib bormoqda.

Eronlik yarim himoyachilarning harakatlari manzur kelmaganligi bois, murabbiylar shtabi Neisarikoli Muxsin va Javadigalingeshlagi Sajadlarga javob berishdi.

Ertaga "Navbahor" xorijdagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Dastlabki raqib "TSQ-Tavriya" jamoasi bo'ladi. Qrimda ikkita "Tavriya" nomli jamoa bor. Biri Ukraina birinchiligida o'ynasa, yana biri Qrim chempionatida o'ynaydi. Namangan klubi aynan Qrim birinchiligida ishtirok etuvchi jamoa bilan o'ynaydi.

"TSQ-Tavriya" (Tavriya-Simferopol-Qrim) jamoasi bilan nazorat uchrashuvi ertaga, 24 yanvar kuni Evpatoriyadagi "Qrim Arena" o'yingohida bo'lib o'tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: t.me/Navbahor_Navbaxor_Fkmuhlis