"Navbahor" "Buxoro"ga qarshi tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi

Narzulla Saydullayev
15 may 2017, 14:40
Buxoroda o'tadigan o'yingacha vaqt oz qolganligi sababli “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuvdan so'ng "Navbahor" a'zolari odatdagidek qisqa muddatlik dam olish imkoniga ega bo'lishmagandi.

Ikki kun davomida Namanganda shug'ullangan asosiy tarkib vakillari bugun ertalab Toshkentga yo'l olishdi. Poytaxtda o'tkaziladigan ikki kunlik mashg'ulotlardan so'ng Buxoro sari yuzlaniladi. Jamoa a'zolari 17 may kuni erta tongda ko'hna shahar safariga otlanishadi.

18 may sanasiga belgilangan “Buxoro” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshlanish vaqti e'lon qilindi. “Buxoro” sport majmuasidagi bahs soat 18.30da boshlanadi. Har ikki jamoa yoshlari bir kun oldin “Umid” o'yingohida kuch sinashishadi. Yoshlar o'rtasidagi o'yin esa soat 17.30da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz