

Mamlakatning amaldagi kumush medal sohiblari tarkibida shug'ullanayotgan yangi o'yinchilar haqida imkon qadar ma'lumot berib kelayapmiz. Ayni shu daqiqalarda "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvda "Nasaf" tarkibida oldingi mavsumni Bekobodning "Metallurg" klubida o'tkazgan Mirg'iyos Sulaymonov o'ng qanot himoyasida maydonga tushdi. Balki, tez orada klub ushbu transfer borasida ham rasmiy ma'lumot bersa ajab emas.
Shuningdek, jamoaning yana bir yangi a'zosi Murodjon Toshmatov bugun chap qanot himoyada o'ynamoqda, Sanjar Rashidov esa hozircha qarshiliklar zaxirasida.


Eslatib o'tamiz, ertaga "Nasaf" o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirish uchun Toshkentdan Turkiyaga jo'nab ketadi. Xorij yig'ini Turkiyaning Belek shahrida o'tkaziladi.



