Sanjar Rashidov: "Jamoamni o'zgartirish va oldinga intilish vaqti kelganini tushunib etdim"

Aziz Tukhtamuradov
30 yanv 2021, 09:53
"Bunyodkor" bugun Farg'ona viloyatida o'tkazilayotgan "Hokim kubogi" musobaqasi chorak finalida Qirg'izistonning "Nur Batken" jamoasi bilan o'ynaydi.

Mazkur bahsdan oldin "qaldirg'ochlar" safiga yangi kelib qo'shilgan yarim himoyachi Sanjar Rashidovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Hokim kubogi" bahslari qiziqarli o'tmoqda. Bunday turnirlar hamisha e'tiborni o'ziga jalb qilib kelgan. 

To'g'ri "Sug'diyona"da 10 yil davomida to'p tepdim. Ma'lum bir sabablarga ko'ra ketdim. Jamoaning o'yinida o'zimni ko'rmadim. Klubimni o'zgartirish va yanada oldinga intilish vaqti kelganini tushunib etdim. Bu orada "Bunyodkor" murabbiylari aloqaga chiqib, taklif qilishdi. 

"Nur Batken" bilan yaxshi o'yin bo'ladi. Biz uchun begona jamoa hisoblanadi. Musobaqada barcha jamoalarning kuchi teng deb o'ylayman", - deydi Sanjar Rashidov.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia