"Nasaf" Qatardan qaytib keldi

19 mar 2016, 23:40
16 mart kuni Dohada “Al Jayish”ga qarshi maydonga tushgan “Nasaf” futbolchilari bugun Qatar poytaxtidan yurtimizga qaytib kelishdi.


Qisqa tanaffusdan keyin futbolchilarimiz Qarshidagi qarorgohlarida to'planishadi va oliy liganing 3-tur uchrashuviga tayyorgarlikni boshlashadi.

Oliy liganing 3-turida “Nasaf” 1 aprel kuni Qarshida liga debyutanti “Obod” klubini sinovdan o'tkazadi. Uchrashuv soat 18:00 ga belgilangan.

“Nasaf” matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: voha.uz