

Nasaf o'z futbolchilaridan bir nechtasini Paxtakorga berib yuborib, nisbatan kuchsizlanib qoldi. Yana bir oydan so'ng OCHL pley-off o'yinida ishtirok etadigan Berdiev jamoasida kadrlar bo'yicha haqiqiy muammo yuzaga keldi. Endilikda Nasaf boshqa jamoalar futbolchilari bilan muzokaraga kirishgan.
lochinlar.uz sayti xabariga ko'ra, Nasaf jamoasi Navbahorning ayrim o'yinchilariga taklif yuborgan. Bular orasida Asilbek Omonov, G'iyos Komilov, Mirzohid G'ofurov, Oston O'runov, Darko Stanoevich bor.




