"Nasaf" markaziy o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda

Narzulla Saydullayev
3 noya 2015, 11:00
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi "Paxtakor"ga qarshi o'yinga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jamoamiz kechadan boshlab klub qarorgohida "Paxtakor" bilan bo'ladigan bellashuvga hozirlik ko'rishni boshladi.

Jarohatlangan Eldor Suyunovdan boshqa barcha futbolchilar umumiy guruh bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Mashg'ulotlarni vakillarimiz yuqori kayfiyatda davom ettirishmoqda. Jamoamiz ushbu mavsumdagi so'nggi uy uchrashuvida jiddiy hozirlik ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz