"Nasaf" ham Bundesligadan o'rnak olmoqchi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2020, 11:36
Superliganing 2020 yilgi mavsumi 4-tur uchrashuvlari 13-15 iyun kunlari bo'lib o'tadi.

Butun jahonda koronavirus pandemiyasi sababli barcha futbol o'yinlari tomoshabinlarsiz o'tkazilmoqda. Jumladan O'zbekiston Superligasida ham uchrashuvlar tomoshabinlarsiz bo'lib o'tadi. Biroq siz jamoamizning barcha uy uchrashuvlarida stadiondagi muxlisiga aylanishingiz mumkin. Qanday qilib? Degan savol tug'ilishi tabiiy.

Bunga yorqin misol qilib Germaniya Bundesligasi va bir qator jahon futbol ligalarida pandemiya tufayli muxlislarsiz bo'layotgan uchrashuvlarda o'z jamoalarini ruhiy qo'llab quvvatlash uchun muxlislar o'z suratlarini muxlislar sektorlariga joylashtirib fotomuxlisga aylanishmoqda va jamoalarini yolg'izlatib qo'yishmayapti. Biz ham jamoamizni qo'llab quvvatlash maqsadida muxlislarimiz uchrashuvlarga tashrif buyura olmasalarda, o'z suratlari bilan fotomuxlisga aylanib jamoamizni qo'llab-quvvatlash va ularga ruhan dalda bo'lishlari mumkin. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun marketing bo'limi xodimi Sanjar Sayfiev yoki muxlislar bilan ishlovchi mutaxassis O'ktam Uzoqovlarga murojaat qilishingiz mumkin. Bu haqda "Nasaf" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

S.Sayfiev 91 224 74 74
O'.Uzoqov 91 462 21 99

Fotosuratlaringiz har bir uchrashuvda muntazam muxlislar sektoriga qo'yib boriladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia