“Napoli” to'rtta futbolchisining transferidan 200 million evro ishlashi mumkin

24 may 2020, 09:57
Italiyaning “Napoli” klubi rahbariyati yozgi transferlar oynasi vaqtida yetakchi futbolchilarni sotib, klubda katta o'zgarishlarini amalga oshirish niyatida, deya xabar bermoqda Football Italia.

Klub prezidenti Aurelio de Laurentisning fikricha, klubning hozirgi epoxasi o'z yakuniga etgan va  jamoa Gattuzo boshchiligida jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirish lozim. 

Yozgi transfer oynasi vaqtida klub Arkadiush Milik, Allan, Kaliud Kulibali,va Fauzi G'ulom transferidan 200 million ishlab olish niyatida. Rahbariyat fikricha, bu futbolchilarning yulduzlik davri ortda qolgan.

Senegallik Kalidu Kulibali klub g'aznasini kamiga 90 million evroga boyitishi mumkinyu. Futbolchining xizmatlariga MYU,  PSJ va “Liverpul” qiziqmoqda.

Yarim himoyachi Allan o'tgan mavsumda PSJga o'tishga yaqin edi bu yil bu futbolchiga da'vogarlar qatoriga Anchelotti boshchiligidagi “Everton” ham qo'shilgan.

Arkadiush Milik jamoa bilan yangi kelishuvga erishish borasida bir to'xtamga kelmadi. Shu bois u ham transferga qo'yiladi. Milikning xizmatlariga “Yuventus” jiddiy qiziqmoqda. Shuningdek, “Chelsi” ham “Tottenhem” bu futbolchini o'z safida ko'rish niyatida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia