"Napoli" Spaletti qo'l ostidagi ilk o'yinida 12:0 hisobida g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2021, 23:03
Neapolliklar yangi mavsumga tayyorgarlikni Italiyada davom ettirmoqda.

Italiyaning "Napoli" klubi yangi bosh murabbiy Luchano Spaletti qo'l ostidagi dastlabki uchrashuvini o'tkazdi. Neapol klubi "Anauniya" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Ushbu bahsda "Napoli" raqibini 12:0 hisobida taslim etdi.

Eslatib o'tamiz, Spaletti 2021 yil 29 may kuni Jennaro Gattuzoning o'rniga "Napoli"ni qabul qilib oldi. Spalettining so'nggi ish joyi "Inter" edi, 62 yoshli mutaxassis 2019 yilning may oyida ushbu jamoani tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Спорт-Экспресс