“Napoli” o'z tarixida ilk bor “A” seriyaning 10ta uchrashuvida ketma-ket g'alabaga erishdi

18 sen 2017, 00:21
Italiya A seriyasining 4-turida Napoli o'z uyida Beneventoni 6:0 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa nepolitanliklar o'z tarixlarida ilk bor Italiya A seriyasida ketma-ket 10 ta bahsda g'olib chiqishdi.

O'tgan yilgi mavsum bilan qo'shib hisoblaganda Mauricio Sarri jamoasi “Inter” (1:0),  “Kalyari” (3:1), “Torino” (5:0), “Fiorentina” (4:1), “Sampdoriya” (4:2), “Verona” (3:1), “Atalanta” (3:1), “Bolonya” (3:0) va “Benevento” (6:0) jamoalaridan ustun kelishdi.

“Napoli” A seriya bahslarida so'nggi marta fevral oyida mag'lub bo'lgandi. Jamoaning mag'lubiyatsiz odimi 16 ta uchrashuvni tashkil etmoqda.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com