"Napoli" Gabbyadini bilan shartnoma uzaytirish borasida kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
2 sen 2016, 18:14
"Napoli" klubi hujumchi Manolo Gabbyadini bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

24 yoshli futbolchi yozda jamoani tark etishi mumkin edi, ammo kutilmaganda "Yuventus" Gonsalo Iguain uchun bitimda ko'rsatilgan badal pulini to'ladi. Natijada Argentina terma jamoasi futbolchisi Turin klubiga o'tdi, Gabbyadini esa qoldi.

"Napoli" vakillari kelasi haftada Manolo agenti bilan uchrashib yangi bitim shartlarini muhokama qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport