Nani: “Ronaldu hotirjam va unda sog'ayish uchun etarlicha vaqt bor”

Tolibjon Qosimov
4 iyun 2014, 14:09
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisining so'zlariga ko'ra, jamoadoshi Krishtianu Ronaldu jarohatidan havotirlanayotgani yo'q.
Jamoa shifokorlari Ronalduda bel va chap oyog'ida jarohat borligini aytishgan.
“Jarohat olganingda, albatta qiyin holat yuzaga keladi. Lekin Ronalduning jarohati jiddiy muammolar keltirib chiqarmasligiga ishonaman. Futbolchi jarohatlanganda , uning kayfiyati buzilishi tabiiy. Ronalduda tuzalish va dam olish uchun etarli vaqt bor. Uning o'zi hotirjam”, - deydi Nani “A Bola”ga bergan intervyusida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com