Nainggolan "Inter"ga o'tishi mumkin

30 may 2018, 15:21
Rimning "Roma" jamoasi yarim himoyachisi Raja Nainggolan iyul oyining boshida "Inter"ga ko'chib o'tishi mumkin.

"Neradzurrilar" belgiyalik futbolchi uchun 25 million evro to'lashga tayyor, yana 5 million evro esa bonus sifatida taqdim etiladi, deya xabar bermoqda Calciomercato nashri. Nainggolanga Luchano Spallettining o'zi qiziqish bildirmoqda. Bundan avval Spalletti va Nainggolan "Roma" jamoasida birga ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru