Klopp - Germaniya terma jamoasining yangi murabbiyi (Fabricio Romano)

5 iyul 2026, 15:14
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'ladi, deb xabar bermoqda insayder Fabricio Romano.

"Liverpul"ning sobiq murabbiyi jamoani boshqarishga rozilik berdi. Uzoq muddatli shartnoma tafsilotlari, loyiha tafsilotlari va mutaxassisning “Red Bull”dan ketish shartlari hali muhokama qilinmoqda, biroq milliy jamoani aynan u boshqaradi.

Klopp futbol yo'nalishi uchun mas'ul bo'lgan "Red Bull”da Oliver Glasnerni o'rinbosar sifatida ko'rib chiqishgandi, ammo u "Nottingem Forest" bilan shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano