Nagelsmann Goreckani "Bavariya"da saqlab qolmoqchi

Alisher
2 avg 2021, 15:23
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann yarim himoyachi Leon Goreckani jamoada saqlab qolmoqchi.

"Men transfer borasidagi savollar bilan shug'ullanmayman, ammo ushbu futbolchi klubda qolishini xohlardim. Leonga "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzolasa, mamnun bo'lishimni aytdim", - deydi mutaxassis.

Oldinroq, 26 yoshli o'yinchiga "Barselona", "Real" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Goreckaning nemis grandi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports