

Farg'onaning "Neftchi" klubi chempionatni "Istiqlol" stadionida "Mashal"ga qarshi bahs bilan boshlaydi. Jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov bu haqida fikrlarini bildirdi.
"Chempionatda oson o'yinni o'zi yo'q. Amaldagi chempionga qarshi barcha ikki hissa kuch bilan maydonga chiqadi. Buni yaxshi tushunib turibmiz. Taqvimga kelsak, mavsum boshi juda zich. Qiyin o'yinlarga to'g'ri kelmoqda. Bu biz uchun bahona bo'lolmaydi. Har bir uchrashuvga maksimal darajada tayyorgarlik ko'ramiz. Raqiblar kuchaygan, liga darajasi oshib boryapti. Shunga qaramasdan "Neftchi" o'z maqsadidan chekinmaydi. Jamoamiz doim g'oliblik sari intiladi. Bu "Neftchi"ning qonida bor",- deydi Islom Ismoilov.



