

"Har bir uchrashuvda "Real" o'z vaziflariga e'tibor qaratgani va ularni munosib ravishda bajarayotgani ko'rinib turibdi. Uzoq mavsum uchun murabbiy o'z futbolchilaridan to'g'ri foydalanishi juda muhim. "Real"da hamma o'zini muhim o'yinchi sifatida his qilmoqda" - deydi Nacho.
Nacho joriy mavsum LaLiganing 21 ta uchrashuvida ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.



