Nahotki?! "Arsenal" Jezusni qaydnomaga kiritdi

Mirjalol Normatov
9 dek 2025
"Arsenal" hujumchi Gabriel Jezusni YCHL qaydnomasiga kiritdi.

28 yoshli braziliyalik futbolchi qaydnomada to'pig'ini jarohatlab olgan 15 yoshli Maks Doumanning o'rnini egalladi. Angliyalik futbolchini endi faqatgina yanvar oyida qaydnomaga qo'shish mumkin bo'ladi. U bugundan e'tiboran 60 kun davomida evrokuboklarda qatnasha olmaydi.

Jezus YCHL umumiy guruh bosqichi 6-turi doirasida "Bryugge"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin bo'ladi. U London jamoasi tarkibida shu yilning yanvar oyidan buyon o'yinlarda qatnashmayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: arsenal.com