Ronaldu FIFAni korrupsiyada ayblagan videoga layk bosdi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2026, 03:08
Krishtianu Ronaldu FIFAni korrupsiyada va Argentina terma jamoasiga yon bosayotganlikda ayblagan publikaciyaga o'z munosabatini bildirdi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi JCH-2026 yarim finalidagi Argentina va Angliya o'rtasidagi uchrashuvdan (2:1) so'ng jurnalist Pilar Rodrigesning chiqishi aks etgan Ispaniyaning Espejo Publico teleshousining Instagram tarmog'idagi sahifasidagi postga layk qo'ydi.

"Agar FIFAning yordami bo'lmaganida, Argentina bundan beshta o'yin oldinroq chiqib ketishi kerak edi. FIFA – Er yuzidagi eng korrupsiyalashgan tashkilotlardan biri. Mana shuning uchun ham men Argentinadan umuman qo'rqmayman – men Infantinodan qo'rqaman", – dedi Rodriges videoda.

Argentina terma jamoasi jahon chempionati finaliga qadar yetib borib, unda Ispaniyaga mag'lub bo'ldi (0:1, qo'shimcha vaqt). Portugaliya esa 1/8 finalda ispanlarga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan edi.

image_2026-07-21_03-06-46.png

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bolavip