O'zbekiston U-20 terma jamoasi Iordaniya bilan nazorat uchurashuvi o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2026, 23:50
Iordaniyada tashkil etilgan o'quv-yig'in mashg'ulotlari doirasida o'tkazilgan ikkinchi bahsda Jamoliddin Rahmatullaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi 1:1 hisobida durrang natija qayd etdi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi safida kiritilgan golga Davron To'laganov mualliflik qildi.

Nazorat bahsi

Iordaniya 1:1 O'zbekiston
Gollar: Davron To'laganov 90'.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi: 12.Ibrohim Shokirov, 4 Muhammadqodir Rasuljonov, 5.Mo'minxon Bohodirxonov, 6.Diyor Ermanov, 10.Sirojiddin Jumadillaev, 13.Muhammadyusuf Fayzullayev, 16.Ozodbek Najmiddinov, 17.Quvonish Saydaliev, 19.Muhamadali Dilshodbekov (c), 23.Azizbek Erimbetov, 20.Asilbek Aliev.

Zaxira: Rustamjonov, Odinaev, Shorakhmedov, Abduganiev, Abdusattarov, Tulaganov, Soliev, Tojiboev, Olimov, Fayzullayev, Zakirjonov, Hakimov.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi Iordaniyaga qarshi birinchi bahsda 2:1 hisobida zafar quchgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA