

JCH-2026 finalida argentinaliklar Ispaniyaga mag'lub bo'ldi (0:1, qo'shimcha vaqt). Final o'yini tugashi bilan jamoalar o'rtasida maydonda ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Argentina terma jamoasi va "Atletiko" himoyachisi Nauel Molina yonidan yugurib o'tayotgan Ispaniya sardori Rodrining ko'kragiga qo'li bilan zarba berdi. "Manchester Siti" yarim himoyachisi to'xtab, Molinaning oldiga keldi, o'rtada tortishuv boshlandi va unga boshqa futbolchilar, jumladan Leandro Paredes ham qo'shildi. Paredes dastlab Ispaniya himoyachisi Erik Garsiyani agressiv tarzda itarib yubordi, keyin esa uning bo'ynidan oldi. Gavi jamoadoshi uchun o'rnidan turib keldi, biroq "Boka Xuniors" yarim himoyachisi ispaniyalik yarim himoyachini maydonga yiqitdi. Bundan tashqari, Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi a'zosi Roberto Ayyala final hushtagidan so'ng ispaniyalik yarim himoyachi Dani Olmo bilan tortishdi, keyin esa uning yuziga zarba berdi. Shundan so'ng Erik Garsiya argentinalik murabbiyni ko'kragidan engil itarib yubordi. Sky Sports News ma'lumotlariga ko'ra, FIFA argentinaliklarning ushbu epizodlardagi xatti-harakatlarini ko'rib chiqishni rejalashtirmoqda.



