Myuller: "Odamlar Gvardiolani "Bavariya" futbolchilari kabi yaxshi bilmaydi"
Aslanov Jasurbek
21 apr 2016, 15:49
"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myullerning so'zlariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub muvaffaqiyatlarga erishishi uchun kuchini ayamayotganini aytdi.
"Odamlar Gvardiolani "Bavariya" futbolchilaridek yaxshi bilmaydi. Ammo futbol u uchun katta ahamiyatga egaligi ko'rinib turibdi. Gvardiola o'zining ko'p vaqtini jamoasining o'yinini mukammallashtirish uchun sarflaydi" - deydi Myuller.