Myuller: “Messisiz “Barselona” umuman boshqa jamoa”

12 sen 2021, 08:24
“Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller YCHL doirasida “Barselona”ga qarshi kechadigan bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Messisiz “Barselona” haqida ko'p gapira olmayman. Bu umuman boshqa jamoa. Messi to'p tepgan vaqtda maydon markazida aynan unga asosiy e'tibor qaratilardi. Shunga qaramay biz yana “Barselona”ga qarshi ajoyib stadionda to'p tepamiz va muxlislar ajoyib bellashuvga guvoh bo'lishadi”, deya Myullerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es.

“Barselona” va “Bavariya” o'rtasidagi uchrashuv 14 sentyabr kuni “Kamp Nou”da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es