
Myunxendagi uchrashuv mezbonlarning 7:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Myuller o'yinda to'liq ishtirok etdi va dublga erishdi. Tomas uchrashuv davomida darvoza tomon 5ta zarba berdi va ularning 3ta aniq. U 23ta pas berdi va bu paslarning 74% (17) aniq bo'ldi. Myuller butun uchrashuv davomida maydonda 11 445 metr masofani bosib o'tdi.