MYU yaqin 48 soat ichida himoyachi transfer qilishi mumkin

Mirjalol Normatov
5 avg 2018, 11:11
"Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyrld yaqin 48 soat ichida "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishi mumkin.

"Mirror" xabariga ko'ra, tomonlar transferga rozi bo'lishgan. Belgiyalik 60 mln evro evaziga mankunianlikka aylanadi.

Ushbu transfer amalga oshadigan bo'lsa, Yerri Minaning MYUga o'tishi so'roq ostida qolishi mumkin.

Oldinroq Angliyaning insayder jurnalistlari Tobi Karringtonga yetib borgani borasida ma'lumot bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror