MYU yangi murabbiy nomini e'lon qildi, ammo... (FOTO)

Aslanov Jasurbek
19 dek 2018, 10:40
"Manchester Yunayted" rasmiy saytida jamoani vaqtincha boshqaradigan murabbiy nomi e'lon qilindi.

Unda MYU sobiq hujumchisi Ole-Gunnar Sulsher "qizil iblislar"ni boshqarishi yozilgan edi.

Mankunianlar sayti norvegiyalikning 1999 yil Chempionlar ligasida urgan golini taqdim etib, uning tagiga quyidagi so'zlarni yozib qo'ydi:

"Kamp Nou"da o'sha ajoyib golni urgan Sulsher 20 yil o'tib bizning vaqtinchalik bosh murabbiyimizga aylanadi".

Keyinroq ushbu xabar o'chirib tashlandi.

Bu vaqt ichida Norvegiya bosh vaziri Erna Sulberg Sulsherni qutlashga ulgurdi:

"Norvegiya futboli uchun buyuk kun. "Qizil iblislar" safida omad tilayman". Biroq keyinroq ushbu tvit o'chirib tashlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC