MYU shu haftada muhim yangilikni e'lon qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 mar 2019, 15:35
"Manchester Yunayted" va Ule-Gunnar Sulsher o'rtasida imzolanadigan to'laqonli shartnoma haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, MYU shu haftada 46 yoshli mutaxassis bilan bitim imzolanganini e'lon qilishi mumkin.

Joze Mourinyuning dekabrdagi iste'fosidan so'ng Sulsher vaqtinchalik bosh murabbiyga aylandi. MYU uning qo'l ostida o'tkazgan 19ta uchrashuvning 14tasida g'alabaga erishdi.

Oldinroq, Sulsher joriy mavsum oxirida "Molde"ga qaytishi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail