MYU "Old Trafford"da ketma-ket 12-g'alabasiga erishdi

Aziz Tukhtamuradov
2 fev 2023, 09:44
"Manchester Yunayted" o'z maydonidagi g'alabali seriyani 12 taga etkazdi.

Erik ten Xag jamoasi kecha Angliya liga kubogi yarim finalida o'z maydonida "Nottingem Forest"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Manchesterliklar so'nggi marotaba 16 oktyabr kuni "Old Trafford"da kechgan o'yinda ochko yo'qotishgandi. O'shanda "Nyukasl" bilan 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan. Shundan so'ng jamoa o'z maydonidagi o'yinlarda ketma-ket 12 marotaba g'alabag erishdi. 

Jamoaning navbatdagi ikkita o'yini - "Kristal Pelas" hamda "Lids"ga qarshi uchrashuvlari ham "Old Trafford"da o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta