MYU YCHLga chiqa olmasa kimlar klubni tark etishi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
23 apr 2019, 02:05
Manchester Yunayted joriy mavsum YCHLga yo'llanma olmasa, unda klubning uch nafar a'zosi jamoani tark etadi.

The Guardian nashrining xabar qilishicha, mazkur futbolchilar Romelu Lukaku, Pol Pogba va David de Xea  bo'ladi. Lukakuga Italiya grandlari qiziqayotgan bo'lsa, Pogba Realga o'tishi kutilmoqda. De Xea esa faoliyatini PSJ yoki qirollik klubida davom ettirishi mumkin. 

Qizil iblislar hozirda Premer-Liga turnir jadvalida 64 ochko to'plgan holda 6-pog'onadan joy olgan. YCHLga yo'llanma beruvchi o'rindan esa ularni 2 ochko ajratib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Guardian