MYU direktori: "Biz Yevropada eng ko'p pul sarflagan klubmiz, ammo..."

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022, 10:54
"Manchester Yunayted" boshqaruv direktori Richard Arnold klubning transfer siyosatini tanqid qildi.

"Har transfer oynasi vaqtida daxshatli darajada katta pul ishlatyapmiz. Futbolchilarni olib kelish uchun milliardlarni sarfladik, Yevropada eng ko'p mablag' ishlatadigan klubmiz.

Biroq jamoaning hozirgi holatidan hayratda emasman. Ha, bu biz uchun yoqimli emas. Bundan chiqib ketishimiz kerak. Klub qarorgohiga borib: "Qani sarflayotgan milliardlarimiz!", deb so'ray olmaymiz.

Biz pullarni to'g'ri yo'naltira olmaydigan klublardan birimiz. Juda katta pullar osmonga uchib ketdi.

Ahmoqona, juda yomon mavsumni o'tkazdik. Biror daqiqasini ko'rishni ham eslashni ham istamayman", - dedi Arnold.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia