MYU Angliya kubogi o'yiniga uchib ketdi, u yerda Aleksis Sanches ham bor + FOTO

Tolibjon Qosimov
26 yanv 2018, 17:03
Bugun Angliya kubogi doirasida "Manchester Yunayted" klubi "Yovil Taun" mehmoni bo'ladi.

"Qizil iblislar" bugun ertalab ana shu bahsda ishtirok etish uchun klub samolyotida Yovilga uchib ketishdi. Jamoa bilan birga yangi xarid qilingan Aleksis Sanches ham uchdi. Katta ehtimol bilan Sanches bugun tunda MYU safida debyut qilishi mumkin.


Shuningdek, Joze Mourinyo klubning 17 yoshli tarbiyalanuvchisi Anxel Gomeshni ham qaydnomaga kiritdi. Gomesh o'tgan mavsum "Yunayted"ning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'lgan edi.



Nemanya Matich va Serxio Romero samolyotga chiqishmoqda.


Xuan Mata va MYUning darvozabonlar murabbiyi Emilio Blanko.


Bu esa Kris Smolling va Viktor Lindelef.


Ander Erreraning kayfiyati chog'.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk