Muxlislarga murojaat! Geynrix bilan xayrlashuv uchrashuvi tashkil qilinishini istaysizmi?

Narzulla Saydullayev
25 sen 2018, 13:37
Yaqinda Gollandiya terma jamoasining XXI asrdagi afsonasi Uesli Sneyderni terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tdi.



Biz ham o'z qahramonlarimizni mana shunday tarzda kuzatsak yomon bo'lmas edi.

Bizda so'nggi marotaba Ulug'bek Baqoev, Viktor Karpenko va Maksim Shackixning xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tgandi. JAR stadionida bo'lib o'tgan o'yinda O'zbekiston terma jamoasi Ummonga qarshi bahsda maydonga chiqqan va bu uch qahramon bir bo'lim maydonda to'p tepgan edi.



Xayrlashuv o'yini aniq ssenariysiz haqiqiy hashar yo'li bilan o'tkazilgan edi. Shundan keyin MTJ bilan Timur Kapadze va Aleksandr Geynrix ham xayrlashdi. Kapadze muxlislar qarshisida xayrlashishni juda istadi, lekin unga imkoniyat berishmadi. Geynrixni ham unutdik.

Geynrix bizga ko'p hollarda quvonchli g'alabalarni taqdim etgan. Fikrimizcha u bunga munosib. Oktyabr oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi ikkita uchrashuv o'tkazadi. Mayli Geynrix o'yin qaydnomasiga kiritilmasin. Lekin chiroyli tadbircha qilgan holda xayrlashuv uchrashuvni tashkil qilsak bo'ladi.



Stadion monitorida ta’sirli video, buni "Championat.asia" qoyillatib qilib bera oladi. Yuqoridagi TRIOning videosi saytimiz tomonidan taqdim etilgan edi.

Geynrix bunga haqli, yaqin orada uning saviyasida hujumchi chiqadimi yo'qmi bilmaymiz. Geynix misolida biz ko'plab yoshlarga namuna bo'lamiz. Qolaversa, bu ham O'FA tomonidan oldinga tashlangan bir qadam bo'lar edi.

Muxlislar bunga qanday qaraydi?


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia