
"25 yoshdaman, bu yili 26ga to'laman. Men Chempionlar ligasida o'ynamoqchiman, bunday imkoniyat menda bo'lmagan. Agar "Nyukasl"dan ketishga to'g'ri kelsa, Chempionlar ligasida o'ynash uchun bunga rozi bo'laman.
Hozircha hech qanday takliflar bo'lgani yo'q. Agar taklif bo'lsa, sizlarga xabar qilamiz. PSJ? Bu jamoa hozirgi kunda Yevropaning eng yirik klublaridan biridir. Agar ular rostdan ham menga qiziqish bildirsa, men o'ylab ko'raman" - deydi Sissoko.