

Ushbu mavsum yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan Muhsin Nizomiddinov asosiy tarkibda Murod Ismoilovga yordam bermoqda. Uning o'rniga esa yana bir mahalliy murabbiy Muhiddin Abduvaliev olib kelindi. Ishqibozlarga yaxshi ma'lumki, Abduvaliev o'z vaqtida futbolchilik davrining asosiy qismini “Qo'qon-1912”da o'tkazgan. Keyinchalik murabbiy sifatid ham faoliyat olib bordi. Endilikda esa Muhiddin Abduvaliev yana qadrdon klubiga qaytdi.



