Mourinyu: “Tottenhem” ko'plab Yevropa davlatlarida chempion bo'lishi mumkin”

9 noya 2020, 09:14
“Tottenhem Xotspur” bosh murabbiyi Joze Mourinyuning fikricha, jamoasi Yevropaning ko'plab davlatlarida chempionlikka erishishi mumkin ekan.

“Aytishim mumkinki, “Tottenhem” hozirgi o'yini bilan Yevropaning bir qator davlatlarida bosh sovrinni qo'lga kirita olishi mumkin. APLda esa bu ishni amalga oshirish qiyinroq. Sababi mavsumni yaxshi o'tkaziyu, ko'plab ochkolarni qo'lga kiritish bilan birga bu yerda “Livrepul”, “Manchester Siti”, “Chelsi” “Manchester Yunayted”, “Lester”, “Arsenal” singari jamoalar bor. Shu bois mavsumni yaxshi o'tkazib ham chempion bo'lolmasligingiz mumkin. Bunday holatda nima qilamiz? Biz o'yindan o'yingacha tayyorgarlik ko'ramiz. G'alaba qozonish uchun intilamiz, boshqalar bilan mutlaqo ishim yo'q. Jamoa o'yindan o'yinga tayyorgarlik ko'rib, ochkolarni yig'ishda davom etsa, mavsum so'nggida qaysi joyda bo'lishmizni jadvalga qarab bilib olamiz”, deya Mourinyuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

“Tottenhem” ayni paytda APL turnir jadvalida peshqadam “Lester”dan bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi pog'onani band etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com