Mourinyu MYU telekanaliga intervyu berishni istamadi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2018, 12:40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Arsenal"ga qarshi APLning 15-tur bahsidan oldin klub telekanaliga intervyu berishni xohlamadi.

Portugaliyalik mutaxassisga jarohatlanganlar holati haqida savol berishdi, ammo u javob berishni istamadi.

"Sizni ma'lumotlardan xabardor qilmoqchi emasman. "Arsenal TV" ham o'z murabbiyiga shunday savol berishini istardim, ammo ular bunday qilishmaydi. Nega endi men aytib berishim kerak?" - deydi Mourinyu.

"Manchester Yunayted" - "Arsenal" bahsi 6 dekabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal