Mourinyu: "Dunyoning eng zo'r darvozaboni bizni qutqardi"

Tolibjon Qosimov
28 noya 2018, 12:01
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu YCHL 5-turi doirasida "Yang Boyz" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Umid qilaman, hech kim bizni himoyadan o'ynadi demaydi. Biz ko'proq gol urishimiz kerak edi, hisob 0:0 bo'lib turgan pallada bizni dunyoning eng zo'r darvozaboni qutqardi.

Bosimni ikkinchi daqiqadan boshladik. Biz o'yinni kuchli boshlashni reja qilgandik, o'ylashimcha, muxlislar buni ko'rishdi.

Men juda tajribaliman va ko'p narsani aytib berishim mumkin. Bahs oxirida gol urishimiz uchun bizga yarim himoyachi kerak edi", - deya Mourning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com