

Futbolchi o'tgan yilning sentyabr oyidan beri gol urgani yo'q, ammo portugaliyalik mutaxassis bunda tanqid uchun sabab ko'rmayapti.
"Markus qo'llab-quvvatlashga munosib. U ko'p ishlayapti, chapda, markazda o'ynamoqda, o'zini ko'rsatishga harakat qilyapti.
Meni hayron qoldiradigan narsa yo'q. U o'zining debyut mavsumida yaxshi o'ynadi, ammo uning yoshida ikkichi yil pasayish - odatiy holat. Rashford bilan hech qanday muammo yo'q" - deydi Mourinyo.
O'tgan mavsumda Rashford APLning 11 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Joriy mavsum 19 yoshli hujumchi 24 ta uchrashuvda 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatma bergan.



