Mourinyo: "Meni tinch qo'yinglar!"

Mirjalol Normatov
4 iyul 2021, 12:35
"Roma"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Rimdagi ilk kunlari qanday o'tayotganini aytdi.

"Murabbiylarning ikkita telefoni bo'ladi. Biri oila, do'stlar va futbol haqida gaplashmaydiganlar uchun doimo yoniq bo'ladi. Ikkinchisi esa faqatgina ish uchun.

Rimda hatto yoqilg'i quyish shahobchalarida ham menga tarkibni qanday qo'yishni, kimlarni olib kelish kerakligini aytishmoqda. O'shanda ichimda: "Meni tinch qo'yinglar", deb qo'yaman", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal