Mourinyo: "Chelsi"ning asosiy maqsadi - yetakchilarni saqlab qolish, ammo 3ta xarid ham kerak"

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2015, 12:43
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning takidlashicha, ko'klarning yozgi transfyerdagi maqsadi yetakchilarni saqlab qolish.

"Avvalari futbolchilarni qo'yib yuborishga osongina rozilik berar edim. Hozir esa "Chelsi"ni yetakchilar tark etishini istamayman. Asosiy maqsad - Azar, Matich, Ivanovich, Kosta va Fabregasni saqlab qolish.

O'ylashimcha, bizga 3 nafar futbolchi kerak: Drogbaning o'rniga hujumchi, raqobat va rotatciya bo'lishi uchun esa himoyachi va yarim himoyachi" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com