Mourinyo: "6ta jamoa Premer-ligada g'oliblik uchun kurashmoqda"

Aslanov Jasurbek
3 noya 2017, 13:54
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo joriy mavsum Premer-ligada g'olib bo'lish uchun nechta jamoa kurash olib borayotganini aytdi.

"Chelsi" - chempiona, u g'oliblik uchun da'vogarlar safida. Sovrin uchun 6ta jamoa kurashadi deb o'ylayman. Ular 7ta bo'lishi mumkin edi, ammo "Everton" katta investitciyalarga qaramasdan bu kurashga qo'shila olmadi" - deydi Mourinyo.

10ta turdan so'ng APL turnir jadvalida "Manchester Siti" yetakchilik qilmoqda, keyingi o'rinlarni "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Chelsi", "Arsenal" va "Liverpul" egallab turibdi.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports