"Monako"ga yangi sport direktori tayinlandi

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2023, 14:55
"Monako" klubi sport direktori lavozimiga Tiagu Skuru tayinlanganini e'lon qildi.

Bungacha braziliyalik mutaxassis xuddi shunday lavozimda "Red Bull Bragantino"da ishlagan. U bu lavozimda 2018 yildan beri ishlab kelayotgandi.

Mart oyida 2020 yildan buyon "Monako" sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Pol Mitchell ketishi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asmonaco.com